MYU “Everton” futbolchisi uchun “Real” va “Arsenal” bilan kurashadi
Sport
−
12 mart
1977Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi “Everton” markaziy himoyachisi Jerrad Brantueytni asosiy transfer maqsadiga aylantirdi. Bu haqda “Mirror” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi “Man Yunayted” bosh murabbiyi Erik Ten Xag va klubning skautlar bo‘limida yaxshi taassurot qoldirgan va rahbariyat norvegiyalik mutaxassis ishdan bo‘shatilgan taqdirda ham Brantueytni sotib olishni rejalashtirgan.
Moliyaviy feyr-pley qoidalari kuchaygan bir paytda, “qizil iblislar”ning yangi xo‘jayini “Man Yunayted”ga yaxshi foyda keltira oladigan yosh iqtidorlarga sarmoya kiritmoqchi.
Ma’lumot uchun, Brantueyt 2020 yildan beri “Everton”da o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda himoyachi “Everton” safida barcha musobaqalarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi. Futbolchining ingliz klubi bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 25 million yevroni tashkil qiladi.
Shuningdek, Brantueytga Londonning “Arsenal” va Madridning “Real” klublari qiziqish bildirmoqda.
LiveBarchasi