MYU Britaniya hukumatidan Ronaldu uchun karantin cheklovini olib tashlashni so‘radi

Sport

image

Kecha, 4 sentyabr kuni Manchesterga yetib borgan Krishtianu Ronaldu 5 kunlik karantindan o‘tishi kerak.

Shu bois, “Manchester Yunayted” rahbariyati Britaniya hukumatiga portugaliyalik futbolchi uchun karantinni olib tashlash to‘g‘risida murojaat qildi, ammo rad javobini oldi. Bu haqda “Manchester evening news” nashri xabar berdi.

Endilikda Ronaldu 5 kunlik karantindan keyingina “Qizil iblislar” bilan mashg‘ulotlarni boshlashi mumkin bo‘ladi. Karantinning ikkinchi va beshinchi kunlarida futbolchi koronavirus uchun testdan o‘tadi. Shundan so‘ng, u jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” joriy yilning 11 sentyabr kuni “Old Trafford” stadionida “Nyukasl”ga qarshi o‘yindan uch kun oldin qo‘shilishi mumkin. Ronalduning debyuti shu o‘yinda amalga oshishi kutilmoqda. Agar u terma jamoa yig‘inini erta tark etmaganida, bu o‘yinga qadar karantin muddatini o‘tashga ulgurmagan bo‘lardi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Krishtianu Ronaldu Britaniya hukumati Old Trafford

Baholaganlar

69

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing