MYU APL tarixidagi rekord kelishuvni amalga oshirdi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi Germaniyaning Adidas kompaniyasi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, endi nemis kompaniyasi 2035 yilgacha “Manchester Yunayted” bilan hamkorlik qiladi. Yangi shartnomaga ko‘ra, klub Adidas'dan kamida 900 million funt sterling (1 milliard 156 million dollar) oladi. Bu Angliya chempionati tarixidagi rekord kelishuv hisoblanadi.

Adidas bilan avvalgi shartnomaga ko‘ra, klub yiliga 75 million funt olayotgan edi. Endi bu miqdor mavsumda 90 million funtga ko‘tariladi.

Tomonlar hamkorlikni 2015-16 yilgi mavsum oldidan boshlagandi. Bungacha Amerikaning Nike kompaniyasi “qizil iblislar”ga 13 yil davomida texnik homiylik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Adidas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing