MYU an’anasi davom etadi: klub yana yarim finalda yengildi

Sport

image

Angliya Liga kubogining yarim finalida “Manchester Yunayted” “Manchester Siti”ga 2:0 hisobida o‘yinni boy berdi. Bu Sulsher boshchiligidagi “qizil iblislar”ning turli turnir yarim final bahslarida to‘rtinchi marotaba mag‘lub bo‘lishidir. 

Bunga qadar “mankunianlar” Sulsher bilan Yevropa Ligasi, Angliya Kubogi va Angliya Liga kubogining yarim final bahslarida yutqazgan edi.

“Manchester Yunayted” keyingi o‘yinni 9 yanvar kuni Angliya Kubogi doirasida “Uotford”ga qarshi o‘tkazadi.

Ma’lumot o‘rnida, 12 yil “qizil iblislar” libosida harakat qilgan Sulsher 2018 yilda jamoaga bosh murabbiy bo‘lib keldi. Shu vaqtgacha norvegiyalik mutaxassis qo‘l ostida “Manchester Yunayted” 116 ta o‘yin o‘tkazib, 65 ta g‘alaba va 23 mag‘lubiyat qayd etgan. Qolgan 23 o‘yin esa durang bilan yakunlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Sulsher

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing