“Yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar tuman va shaharlar uchun ham joriy qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda viloyatlarda joriy qilingan “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalari shahar va tumanlar uchun ham joriy qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektorda ta’kidlandi.

“Sariq” va “qizil” toifadagi viloyatlarda kasallik umuman aniqlanmagan tumanlar ham borligini inobatga olish lozim. Xuddi shunday, ertaga “yashil” viloyatdagi biror bir tumanda kasallik aniqlanadigan bo‘lsa, butun viloyatning toifasini o‘zgartirish shart emas”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Respublika komissiyasiga hududlarni toifaga ajratishni tuman va shaharlar darajasida belgilash bo‘yicha topshiriq berildi.

Ma’lumot uchu, hozirda Navoiy, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari "yashil", Toshkent shahri, Xorazm va Surxondaryo viloyatlari "sariq" qolgan viloyatlar "qizil" toifaga kiritildi.


Maqola muallifi

Teglar

karantin

Baholaganlar

308

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing