Mujtabo Xomanaiy otasining qasosi albatta olinishini aytdi

Olam

image

Eron Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy AQSH–Isroil zarbalarida halok bo‘lgan otasi – avvalgi oliy rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiy uchun qasos olish “butun millat talabi” ekanini bildirdi. Bu haqda u bugun, 11 iyul kuni o‘zining Telegram-kanalida yozdi.

Bayonot AQSH va Isroilning 28 fevral kuni amalga oshirgan havo zarbalarida halok bo‘lgan Oyatulloh Ali Xomanaiyning dafn marosimi munosabati bilan e’lon qilingan.

“Dushmanning to‘satdan uyushtirgan hujumiga uchrab, shahodatga erishgan mazlum hamrohlar – sizlarga xushnudlik bo‘lsin. Biz sizning va barcha shahidlarning pok qoni qasosini jinoyatchi va badnom qotillardan olishga ahd qilamiz”, deydi u.

Xomanaiy, shuningdek, Ali Xomanaiy bilan vidolashishga borgan “o‘n millionlab insonlar”ga minnatdorlik bildirgan va Eronning “hayratlanarli” hamda “buyuk” xalqi uning tarixi ekanini ta’kidlagan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ali Xomanaiy butun hayotini Islom inqilobi g‘oyalariga bag‘ishlagan.

“Biz sizning ta’limotingizga amal qilishga va siz bizga ko‘rsatgan yo‘ldan matonat bilan borishga ahd qilamiz”, deydi Mujtabo Xomanaiy.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronning halok bo‘lgan oliy rahbari Ali Xomanaiyni salkam bir hafta davom etgan dafn marosimi uning tug‘ilgan shahri Mashhadda yakunlangandi. Uning jasadi ikki yil avval vertolyot halokatida halok bo‘lgan mamlakat prezidenti Ibrohim Raisiyni so‘nggi yo‘lga kuzatgan Imom Rizo maqbarasiga dafn etildi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing