Mo‘ynoqda aka-uka maktab o‘quvchilari kanalda cho‘kib ketdi
Jamiyat
−
03 iyun 2021 8395 1 daqiqa
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida aka-uka maktab o‘quvchilari kanalda cho‘kib ketib, vafot etdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston prokuraturasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 2 iyun kuni soat 14:00 chamasida Mo‘ynoq tumani Ubbiniyazov ko‘chasida yashovchi aka-uka — J.R. (2009 y.t.) va J.D. (2010 y.t.) shu tumandagi “Madeli” OFYda yashovchi N.Q.ning uyiga mehmonga borib, “Qipshaqdaryo” kanalida cho‘milayotgan paytda ehtiyotsizlik oqibatida cho‘kib ketgan.
Shu vaqt kanal yonidan o‘tib borayotgan qishloq aholisi bolalarni suvdan chiqarib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borgan. Lekin tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, ularning ikkalasi ham vafot etgan.
Hozirgi kunda mazkur holat bo‘yicha Mo‘ynoq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr