Professor Muqaddas Rizayeva 97 yoshida vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
02 yanvar 2023
13661O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi professori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, o‘zbek opera maktabining yorqin vakilasi Muqaddas Nishonovna Rizayeva 97 yoshida vafot etdi. Bu haqda kecha, 1 yanvar kuni Madaniyat vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
“Muqaddas Rizayeva yuzlab shogirdlar yetishtirgan jonkuyar ustoz, o‘zbek san’ati va madaniyati rivojiga beminnat xizmat qilgan tajribali mutaxassis edi”, deya e’tirof etilgan xabarda.
Uning yuzlab shogirdlari qatorida O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston xalq artisti Muyassar Razzoqova ham bor.
Ma’lumot o‘rnida, Muqaddas Rizayeva 2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoniga ko‘ra, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.
LiveBarchasi