Mutaxassislar Rossiyada pandemiya qachon va qanday shartlarda tugashini ma’lum qildi

Olam

−

image

Rossiyada koronavirus pandemiyasi katta ehtimol bilan joriy yilning noyabr oyida tugaydi. Gamaleya nomidagi ilmiy markaz rahbari Aleksandr Ginsburg shunday taxminni ilgari surmoqda.

“Noyabr oyi haqiqatga yaqin”, degan u Rossiyada pandemiya tugashi haqidagi savolga javoban.

RF Bosh vazirining o‘rinbosari Tatyana Golikova analogik savolga an’anaviy usulda javob qaytargan:

“An’anaviy javob. Qachonki biz hammamiz jamoaviy immunitetga ega bo‘lsak.”

RF Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ham pandemiya rossiyaliklar emlanib bo‘lgach, yakunlanishini tasdiqlagan.

Ma’lumot uchun, Rossiyada so‘nggi sutkada 8 780 kishida koronavirus aniqlandi. Pandemiya boshidan beri RFda 4 762 569 kishi koronavirusga chalingan. Ularning 4 388 008 nafari sog‘aygan va 108 232 nafar vafot etgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

745

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing