Mutaxassis “nazarga ilinmas” immunitet mustahkamlovchi mahsulotlarni ma’lum qildi

Foydali

image

Nutritsiolog, biologiya fanlari nomzodi Aleksandr Miroshnikov immunitet uchun eng foydali beshta mahsulot haqida gapirdi. 

Mutaxassis birinchi navbatda C vitaminini o‘z ichiga olgan mahsulotlarga e’tibor qaratgan, u interferon va immun hujayralarni ishlab chiqarishda ishtirok etadi. Mutaxassisga ko‘ra, bu borada yozgi mahsulotlardan qorag‘at eng yaxshi variant.  100 gramm qorag‘at tarkibida vitaminning kunlik qiymatining 22 foizi mavjud. 

Shuningdek, immunitet tizimini mustahkamlash uchun A vitaminiga boy rayhon iste’mol qilish ham muhim. Ushbu vitamin immunitet hujayralarini yaratishda ham ishtirok yetadi. Miroshnikov, shuningdek, stressni yengishga yordam beradigan B vitaminini o‘z ichiga olgan salat bargi yeyishni maslahat bergan. 

Bundan tashqari, shifokor shivitning ahamiyati haqida gapirgan. Ta’kidlanishicha, uning tarkibidagi fitonsidlar mikroblarga qarshi xususiyatga ega. 

Shifokorga ko‘ra, immunitet tanasini yaratishda ishtirok etadigan oqsilga boy krevetkalar haqida ham unutmaslik kerak. Miroshnikov foydali xususiyatlarini oshirish uchun ularni quritilgan shivit bilan qaynatishni taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

rayhon shivit qorag'at

Baholaganlar

408

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing