Homilador ayollar rayhon iste’mol qilishi mumkinmi?

Bu qiziq

image

Homiladorlik bo‘lajak ona uchun muhim va mas’uliyatli davr bo‘lib, bu davrda bo‘lajak onalar o‘zlari xohlagan barcha mahsulotlarni ham iste’mol qilolmaydi.

Ana shunday mahsulotlardan biri – bu rayhon. Homilador ayollarga rayhon iste’mol qilish shifokorlar tomonidan qat’iyan man etiladi. Sababi, rayhon inson organizmini faollashtiruvchi xususiyatga ega va bu homilaning erta tushishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, rayhon tarkibida homilaning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ko‘plab moddalar bor. Bu moddalar homilada turli nuqsonlar va anomaliyalarni keltirib chiqaradi.

Shifokorlarning ma’lumotlariga ko‘ra, agar homiladorlik davri oson va asoratlarsiz o‘tayotgan bo‘lsa, rayhonni juda oz miqdorda iste’mol qilish mumkin. Shuningdek, homiladorlikning oxirgi oylarida rayhon iste’mol qilish, bo‘lajak ona organizmida ovqat hazm qilish tizimini buzishi mumkin.

Qayd etilishicha, bu mahsulotni iste’mol qilish tufayli, homilador ayollarda qon bosimi tez-tez ko‘tarilishi kuzatiladi.

Ba’zida shifokorlar homilador ayollarga rayhondan xalq tabobatida ko‘rsatilgan usullar orqali foydalanishni tavsiya qiladi. Ushbu holatda ham, bu o‘simlik sharbatini yoki qaynatmasini ichish mutlaqo mumkin emas. Rayhonni uning o‘rnini bosuvchi turli tabletkalar bilan almashtirishni iloji bo‘lmasa, bu vaziyatda og‘iz chayish, rayhonli vannalar qabul qilish tavsiya etiladi.

Homilador ayollar bilan bir qatorda emizikli onalar ham rayhon iste’molidan o‘zlarini tiyishlari lozim. Shuningdek, bu mahsulot maktabgacha yoshdagi bolalarga ham taqiqlanadi.

Ta’kidlash kerakki, rayhon iste’moli taqiqlanmagan insonlarda bu o‘simlik organimizda turli kasalliklarga nisbatan salomatlikni mustahkamlashga yordam beradi:

•  tirnoq, soch o‘sishiga yordam beradi;
•  jarohatlar va turli yaralarni bitishini tezlashtiradi;
•  allergik teri kasalliklari xurujini pasaytiradi;
•  ortiqcha vaznli kishilarga ham tavsiya etiladi. Sababi, badandagi keraksiz yog‘ni yaxshi eritadi;
•  buyrakdagi toshlarni eritadi, uning sanchib og‘rishini bartaraf etadi;
•  organizm qarishining oldini oladi.

 

Durdona Pirnazarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

rayhon Homila

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing