Qorag‘at qanday kasalliklardan himoya qiladi? 

Salomatlik

image

Diyetolog Svetlana Fus o‘zining Instagram sahifasida qorag‘atning foydali xususiyatlarini sanab o‘tdi. 

Uning ta’kidlashicha, ushbu rezavorlarning tarkibida kremniy ko‘p bo‘lgani sababli, ular suyaklarni mustahkamlaydi, bo‘g‘imlarning harakatlanishini, teri holatini, soch va tirnoqlarni yaxshilaydi. 

Shuningdek, qorag‘at tarkibida anchagina temir, yod, marganets va antioksidantlar mavjud. Bundan tashqari, ushbu rezavor tarkibida mirtillin mavjud bo‘lib, u qondagi qand miqdorini pasaytiradi. 

“Yangi uzilgan qorag‘atlarni iste’mol qilish orqali odam ularning foydali xususiyatlarining faqat bir qisminigina o‘zlashtiradi, chunki danak deyarli hazm bo‘lmaydi. Shu bilan birga, rezavorning juda qimmatli moddalari aynan uning danaklarida bo‘ladi”, degan Fus. 

Mutaxassisga ko‘ra, danakda mavjud foydali moddalar orasidan eng muhimlari Omega yog‘ kislotalari, polifenollar, antioksidantlar, pektinlar va xlorogen kislotasi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

qorag'at

Baholaganlar

174

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing