Mutaxassis maymun chechagi boshqa kasallik ortiga yashirinishi mumkinligini aytdi

Olam

image

Allergik toshmalar maymun chechagi kasalliginining alomati bo‘lishi mumkin.  Agar u aniqlansa, tezda shifokorga murojaat qilish kerak. Bu haqda o‘ta xavfli infeksiyalar bo‘yicha mutaxassis, immunolog, tibbiyot fanlari doktori Vladislav Jemchugov ma’lum qildi. 

“Toshmasi bo‘lganlarga  shifokorga murojaat qilishni maslahat beraman. Chunki uning asorati og‘irroq bo‘lishi mumkin”, deydi mutaxassis.

Jemchugovning so‘zlariga ko‘ra, maymun chechagi, shuningdek, yengil shakldagi allergik toshma sifatida o‘zini "maskalashi" ehtimoldan holi emas. Uning fikricha, Rossiyada ushbu virus bilan kasallanganlar rasman qayd etilganidan 10 barobar ko‘p bo‘lishi mumkin.

"Men shuni aytmoqchimanki, virus Rossiyaga kirib borishi muqarrar edi, chunki kasallikning hech kimga ayon bo‘lmagan nozik alomatlari mavjud. Shuni tushunish kerakki, kamida 10 kishida maymun chechagi aniqlangan. Ular kasallikni tik oyoqda o‘tkazib yuborishgan yoki boshqa allergik toshma fonida virusdan azoblanishgan. Ular maymun chechagi kasalligi borligini bilishmagan ham”, deydi ekspert.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 iyul kuni Rossiyada maymun chechagi bilan kasallanishning birinchi holati Yevropadan qaytgan yigitda tasdiqlandi. 

Ma’lumot o‘rnida, maymun chechagi kam uchraydigan virusli kasallik bo‘lib, asosan yovvoyi hayvonlardan odamlarga yuqadi. Kasallikning belgilari isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, limfa tugunlari shishishi, titroq va charchoqni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, yuz va tananing boshqa qismlarida teri toshmasi ham paydo bo‘lishi mumkin. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, maymun chechagi epidemiyasi uchun o‘lim darajasi odatda 1 foizdan 10 foizgacha, o‘limning aksariyati yosh guruhlarda sodir bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing