Mutaxassis koronavirus oqibatlaridan nima xalos qilishini ma’lum qildi

Foydali

image

Koronavirus infeksiyasini boshidan o‘tkazganlar kasallik oqibatlaridan xalos bo‘lish uchun yoga nafas olish mashqlarini bajarishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu haqda tibbiyot fanlari doktori, immunolog, o‘ta xavfli infeksiyalar bo‘yicha mutaxassis Vladislav Jemchugov gapirgan.

Uning ta’kidlashicha, ushbu virusni boshidan o‘tkazgan har bir inson ma’lum bir reabilitatsiya dasturini ishlab chiqishi kerak. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bu har bemorning holatiga bog‘liq.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, koronavirusdan sog‘ayganlarda nafas olish tizimi bilan bog‘liq muammolar kuzatiladi. Shuningdek, ularning markaziy asab tizimida ham turli xil shikastlanishlar bo‘lishi mumkin, jumladan bosim, harorat va puls ortishi holatlari.

Ma’lumot o‘rnida, dunyoda koronavirusga chalinganlar 62 mlndan oshgan. 1,4 mln bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

212

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing