Musulmonlar idorasi Usmonxon Alimovning ishdan ketgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov lavozimidan ozod etilgani, uning o‘rnini Azon.uz sayti ta’sischisi Mubashshir Ahmad egallayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur ma’lumotlarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi munosabat bildirdi. 

“...xabar soxta va mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deyiladi bayonotda. 

Qayd etilishicha, mazkur asossiz xabar tarqalgan zahotiyoq, Azon.uz tahririyati ushbu xabar noto‘g‘ri ekani, unga ko‘r-ko‘rona ishonib ketmaslikka chaqirib, raddiya e’lon qildi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov faoliyatini davom ettirmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Usmonxon Alimov 1950 yilda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tavallud topgan. 1987 yilda Toshkent islom institutini tamomlagan. 

•    1987-2000 yillarda Imom Buxoriy masjidi imom-xatibi;
•    2000-2006 yillarda Ishtixon tumani bosh imom-xatibi, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 

2006 yil yanvarda O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi raisi lavozimiga tayinlangan.

2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston musulmonlari idorasi Usmonxon Alimov

Baholaganlar

1396

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing