Musulmonlar idorasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
17 dekabr 2019
20161O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovga birinchi o‘rinbosari tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar bermoqda.
Bugun, 17 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Oliy hay’atining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda Oliy hay’at a’zolari, Diniy idora rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, taniqli imom-xatiblar ishtirok etgan.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tuzilmasida yangi joriy etilgan raisning birinchi o‘rinbosari lavozimiga Homidjon Bahromovich Ishmatbekov nomzodi bir ovozdan ma’qullandi.
Ma’lumot o‘rnida, Homidjon Bahromovich Ishmatbekov 1970 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent islom instituti, Madina islom universitetida tahsil olgan. Faoliyati davomida "Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri, Toshkent shahar "Muhammad Nosir hoji" masjidi imom-xatibi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi mudiri lavozimlarida xizmat qilgan. Bir qator kitob va ilmiy maqolalar muallifidir.
LiveBarchasi