Musulmonlar idorasi chiqarilgan fatvo yuzasidan uzr so‘radi
Jamiyat
−
03 iyun
44767Avvalroq, oldinroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi tomonidan bitkoin, notkoin va boshqa shu kabi kriptovalyutalarda savdo-sotiq qilish Islom dinida shar’an joiz hisoblanmasligi haqida fatvo chiqarilgandi. Endilikda Fatvo markazi mazkur xabar texnik sabablarga ko‘ra, ehtiyotsizlik oqibatida ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinganini ma’lum qildi.
Bildirilishicha, Fatvo markazi direktori shayx Nuriddin Xoliqnazar va uning o‘rinbosarlari Haj safarida, mazkur fatvo loyihasi atrofidagi ilmiy-tadqiqot ishlari hali nihoyasiga yetmagan va shuningdek, zamonaviy masalalarni keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
"Siz azizlardan uzr so‘ragan holda ushbu fatvo ustidagi ilmiy tadqiqotlarni nihoyasiga yetkazib, qayta e’tiboringizga havola qilinishini ma’lum qilamiz", deyiladi xabarda.