Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tug‘ilishlar necha foizga o‘sgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
26 avgust 2021
3508So‘nggi 30 yilda O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni 16,4 foizga ko‘paygan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 1991 yilda 723 ming 420 kishi tug‘ilgan. Ularning 372 ming 193 nafarini (51,4 foiz) o‘g‘il bolalar, 351 ming 227 nafarini (49,6 foiz) qiz bolalar tashkil qilgan.
2020 yilda esa tug‘ilganlar soni qariyb 2,5 barobarga oshib, 841 ming 817 nafarni tashkil etgan. Shundan 436 ming 351 kishi (51,8 foiz) o‘g‘il bola, 405 ming 466 kishi (49,2 foiz) qiz bolalarni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar-iyun oylarida respublikamizda 390,7 ming tug‘ilish qayd etilgan.
Ma’lumot o‘rnida, 2021 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublikaning doimiy aholisi soni 34 million 558 ming 9 kishini tashkil etmoqda.
LiveBarchasi