Mustaqillik shoh ko‘chasining bir qismi 12 kunga yopiladi

Jamiyat

image

Mustaqillik shoh ko‘chasining bir qismida 12 kun muddatga transport vositalarining harakati cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.

Markazning ma’lum qilishicha, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, transport oqimini yanada tartibga solish hamda jamoat transporti harakati uchun qulay sharoit yaratish maqsadida Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik shoh ko‘chasida qurilish-ta’mirlash ishlari olib boriladi. 

Shu munosabat bilan 2026 yil 2 iyul soat 01:00 dan 13 iyul soat 06:00 ga qadar Mustaqillik shoh ko‘chasi bo‘ylab, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi kesishmasidan Oqqo‘rg‘on ko‘chasigacha yo‘nalishidagi qatnov qismi transport vositalari harakati uchun yopiladi. 

Qayd etilishicha, yo‘l harakatiga tushadigan yuklamani kamaytirish, tirbandliklarning oldini olish hamda haydovchilar uchun noqulayliklarni minimallashtirish maqsadida qurilish ishlari davomida yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismida yo‘l harakati holatidan kelib chiqib, vaqti-vaqti bilan ikki tomonlama harakat tashkil etilishi mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar