Zelenskiy Ukrainada FETO masalasini hal qilishni buyurdi
Olam
−
03 fevral 2020
7258Prezident Vladimir Zelenskiy Ukraina xavfsizlik xizmatiga Turkiyada davlat to‘ntarishi o‘tkazishga uringan Fathulloh Gulenning FETO tashkiloti tarafdorlarini aniqlash va ularni hibsga olishni buyurdi. Bu haqda u Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan tashkil etilgan brifingda aytib o‘tdi.
“Ukrainada o‘quv muassasalari ortida turgan tashkilotni taqiqlashga kelsak, biz bu mavzuni bugun tafsilotlari bilan muhokama qildik. Bu masala uzoq yillar Ukraina va Turkiya o‘rtasidagi masalalar kun tartibida turgan. Men bugun juda to‘liq ma’lumotlar, aniq familiyalar oldim. Bularning barini Ukraina xavfsizlik xizmati rahbariyatiga berdik”, degan Zelenskiy.
Avvalroq, Turkiya Prezidenti Ukrainaga borgani haqida xabar bergan edik. Erdo‘g‘anga Adliya vaziri Abdulhamid Gul, G‘azna va moliya vaziri – kuyovi Berat Olbayroq, Savdo vaziri Ruhsor Pekjan, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Fahriddin Altun hamrohlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yil 15 iyul kuni Turkiyada bir guruh harbiylar davlat to‘ntarishi o‘tkazishga uringandi. To‘ntarish turk xalqining ko‘chalarga chiqib harbiylarga qarshi chiqishi sababli muvaffaqiyatsiz yakunlangandi. Ammo qurolli to‘qnashuvlarda 251 kishi qurbon bo‘ldi, 2740 kishi jarohatlandi. 378 bola otasiz va onasiz qoldi.
Ushbu davlat to‘ntarishiga harakat ayni damda AQSHning Pensilvaniya shtatida istiqomat qilib kelayotgan Fathulloh Gulen boshchiligidagi FETO terroristik guruhi va uning davlatdagi korchalonlari orqali amalga oshirilgani ma’lum qilindi.
Mamlakat xorijdagi elchixonalari orqali Fathulloh Gulen harakati haqida bayonotlar berdi, qo‘shnilari, do‘stlarini, dunyoni ogohlikka chaqirdi, Gulenga tegishli xususiy maktablar, universitetlarni yopish yuzasidan taklif kiritdi va buni o‘zi boshlab berdi. Yuzlab maktablar yopildi, o‘qituvchilar lavozimlardan ozod etildi, ayrimlari jinoiy javobgarlikka tortildi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr