“Mushuk-sichqon o‘ynashni xohlamaymiz”. O‘zbekiston ortidan Qirg‘iziston ham AQSHga rad javobini berdi
Olam
−
23 Oktabr 2021
19969Qirg‘iziston hukumati mamlakatga AQSH harbiy bazasini joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti. Bu haqda respublika Prezidenti Sadir Japarov mamlakat poytaxti Bishkek shahridagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Qirg‘izistonda AQSH harbiy bazasini ochish haqidagi savolga Japarov quyidagicha javob berdi:
“Qantda (Chuy viloyati) Rossiya bazasi bor. Bizga bitta baza kifoya. Ikkita bazani yurtimizga joylashtirib, nufuzli davlatlar bilan mushuk-sichqon o‘ynashni xohlamaymiz”.
Japarov, shuningdek, Amerikaning respublikadagi harbiy ob’ekti 2014 yilda o‘z faoliyatini to‘xtatganini eslab o‘tgan.
Ma’lumot uchun, AQSH bazasi Bishkekdagi Manas aeroportida 2001 yilda ochilgan. U Afg‘onistondagi “Qulamas Ozodlik” operatsiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan edi. Bu inshootga aksilterror koalitsiyasida ishtirok etayotgan mamlakatlarning harbiy xizmatchilari va texnikalari joylashtirilgan, guruhning tayanchi Amerika kuchlari va aktivlaridan iborat edi. Oradan sakkiz yil o‘tgach, aviabaza Tranzit markazi deb o‘zgartirildi va 2014 yilning yozida qirg‘iz tomonining talabiga binoan yopildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tomoni ham AQSH harbiy bazalarining mamlakat hududiga joylashtirish masalasida qat’iy rad javobini bergan. Xususun, mamlakat Tashqi ishlari vaziri Abdulaziz Komilov so‘nggi vaqtlarda muhokama markazida turgan ushbu mavzuga bir necha bora to‘xtalib, hatto muhokama mavzusi emasligini ta’kidlagan.
Qayd etish kerakki, rasmiy Toshkent xuddi Bishkek kabi Amerikada 2001 yilda amalga oshirilgan terrorchilik harakatlaridan so‘ng, Vashington bilan harbiy sohada hamkorlik qilishga rozi bo‘lgan. 2001 – 2005 yillarda AQSH harbiylari Qashqadaryodagi Xonobod harbiy aerodromidan foydalangan. Bu baza gumanitar yordam ko‘rsatish maqsadida qo‘llangan.
LiveBarchasi