“Mushuk”dan qochgan “sichqon” uzr so‘radi

Jamiyat

Avvalroq, Toshkentda Damas haydovchisi yo‘l-harakati xafsizligi qoidalarini buzib, YPX xodimlaridan qochgani haqida xabar bergan edik.

Kecha, 29 iyul kuni qochoq haydovchi o‘z xohishi bilan ichki ishlar idorasiga borgan va taslim bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda 30 yoshli toshkentlik S.K.ning kechirim so‘ragani tasvirlangan video tarqaldi. Unda haydovchi "qilgan ishidan afsuslangan holda o‘z oyog‘i bilan kelgani"ni ta’kidlaydi. U qilmishi uchun uzr so‘rab, boshqalarni bunday qilmaslikka chaqirgan.

Poytaxt IIBB Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bugun mazkur holat Ma’muriy ishlar bo‘yicha Olmazor tuman sudida ko‘rib chiqiladi. Sud qarori e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, voqea kecha, 28 iyul kuni soat 17:00 da Olmazor tumanida yuz bergan. Damas haydovchisi Sag‘bon ko‘chasida yo‘lning qarama-qarshi qismida harakatlanib, unga to‘xtash signalini bergan YPX xodimining talabini bajarmagan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Damas

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing