Murojaatnoma va yoshlar forumida aytilgan tadbirlar uchun qancha mablag‘ kerak bo‘ladi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yoshlar forumi va Murojaatnomada belgilangan tadbirlar uchun 41 trln so‘mga yaqin mablag‘ zarur bo‘ladi. Bu haqda AOKAdagi brifingda Moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarov ma’lum qildi.

“O‘zbekiston yoshlar forumi va davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan tadbirlar uchun, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 41 trln so‘mga yaqin mablag‘ zarur bo‘ladi. Shundan bevosita davlat byudjetidan 20 trln so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. Har bir chorak uchun mablag‘lar taqsimlanadi va chorakma-chorak ushbu mablag‘larning o‘zlashtirilishi, maqsadli ishlatilishi nazorat qilinadi”, deydi vazir o‘rinbosari.

Ahadovga ko‘ra, 2021 yilda Moliya vazirligiga davlat byudjeti umumtaqchilligini 5,4 foizdan oshirmaslik vazifasi yuklangan va bu bo‘yicha barcha imkoniyatlar mavjud.

Joriy yilda tuman byudjetlarining 5 foiz (1,2 trln so‘m) qismini ekspriment tariqasida jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflarga yo‘naltirish belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing