Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi ma’lum

Sport

image

Matchroom boxing kompaniyasi rahbari, britaniyalik promouter Eddi Xirn joriy yilning 28 avgust kuni Los-Anjelesda boks oqshomini o‘tkazish rejalari haqida gapirdi. Unda WVA va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha yarim yengil vazn toifasi chempioni, o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev WVA kamariga majburiy da’vogar Ronni Rios bilan to‘qnash keladi. 

Oqshom doirasida, shuningdek, birinchi yengil vazn toifasida WVA yo‘nalishi chempioni Xiroto Kyoguchi WVO chempioni Alvin Sotoga qarshi birlashtiruvchi jangda ishtirok etadi. 

Xirnga tegishli kompaniya may oyida Ahmadaliyev va Rios o‘rtasidagi duelni o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritgan edi. Jangning moliyaviy qiymati 525 555 AQSH dollarini tashkil etadi.

Ma’lumot o‘rnida, 26 yoshli Ahmadaliyev joriy yilning aprel oyida IBF chempionlik unvonini majburiy ravishda himoya qilib, sobiq jahon chempioni Ryosuke Ivasani beshinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi. 31 yoshli Rios ham bu yil ringga muvaffaqiyatli tarzda qaytdi va Oskar Negreteni ochkolar evaziga mag‘lub etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Murodjon Ahmadaliev IBF Ronni Rios Eddi Xirn Matchroom boxing WVA

Baholaganlar

502

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing