Murodov doping uchun topshirgan testi natijasini ma’lum qildi

Sport

image

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Murodov UFC Fight Night turniridagi ishtiroki oldidan maxsus doping testi topshirdi. Bu haqda sportchi Instagram'dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kecha, 6 iyul kuni sportchi USADA (UFC antidoping dasturi) tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tib olgan.

“Har doimgidek hammasi toza”, deydi sportchi. 

Ma’lumot uchun, USADA UFC a’zolarini turnirlardagi ishtirokiga qadar puxta tekshiruvlar va maxsus testlar orqali doimiy ko‘rikdan o‘tkazib turuvchi dastur hisoblanadi. Tekshiruv natijalari esa jang taqdirini hal qiladi. Agar sportchining qonidan taqiqlangan moddalar topilsa, u musobaqada qatnasha olmaydi. Masala jiddiylashadigan taqdirda jangchi ma’lum muddatga diskvalifikatsiya qilinishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mahmud Murodov 22 iyul kuni Londondagi UFC Fight Night turniri doirasida amerikalik tajribali yakkakurash ustasi Brayan Barberenaga qarshi jang qilishi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Mahmud Murodov Brayan Barberena

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing