UzAuto Motors'ning qancha avtomobili Afg‘onistonga eksport qilinmoqda?

Jamiyat

image

Joriy yilning 3-4 iyul kunlari O‘zbekistondagi OAV xodimlari uchun UzAuto Motors zavodiga press-tur uyushtirildi. 

Press-turda ishtirok etgan QALAMPIR.UZ muxbirining ma’lum qilishicha, UzAuto Motors zavodida tashkil etilgan Matbuot anjumanida zavod bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov O‘zbekiston avtomobilsozlik tarmog‘ining eksport bo‘yicha salohiyati haqida ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Avtomobilsozlik tarmog‘ida 2019 yil eksport salohiyatini rivojlantirish yili deb e’lon qilingan. Hozirgi vaqtda tarmoqning turli korxonalari  mahsulotlari Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina, Belarus, Ozarboyjon, Gruziya, Armaniston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Iordaniya, Livan, Iroq, Afg‘oniston va afrikaning bir qator davlatlariga eksport qilinmoqda.

2019 yilda tarmoqning eksport salohiyati hajmi 151 mln AQSH dollariga teng bo‘lishi kutilmoqda.

E’tiborlisi, Markaziy Osiyodagi notinch mamlakat hisoblanadigan Afg‘onistonda ham o‘zbek avtomobillariga bo‘lgan talab keskin ortib boryapti.

“Joriy yilda Afg‘oniston davlati bizning zavodimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillardan 10 mingtasini sotib olish bo‘yicha taklif bilan chiqdi. Ayni paytgacha 200 dan ziyod Lasetti avtomobili qo‘shni mamlakatga yetkazib berildi.

Olingan takliflarni inobatga olgan holda, joriy yilda 250 ming dona avtomobil ishlab chiqarish rejasiga o‘zgartirish kiritmoqchimiz va bu ko‘rsatkich yil oxirida 270 ming donadan oshiriladi. Afg‘onistonning 10 minglik talabi to‘la qondiriladi”, deydi UzAuto Motors zavodi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov.

Eslatib o‘tamiz oldinroq, UzAuto Motors zavodida ishlab chiqarilayotgan avtomobillar orasida qaysi biri ichki va xorij bozorlarida eng xaridorgir bo‘lib turgani haqida ma’lum qilgan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston UzAuto Motors Lasetti

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing