Munisa Rizayeva jarimaga tortildi

Madaniyat-san’at

image

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan ma’lumotlarga ko‘ra xonanda Munisa Rizayeva ko‘chada va fuqarolar bilan uchrashgan vaqtida niqobsiz ekanligi video tasvirga tushirilgan.

Bu holat ortidan ijtimoiy tarmoqlarda "jamoat joylarida niqobsiz yurganlar ishi sudda ko‘rilmoqda ekan, xo‘sh, Munisaga ham ish ochiladimi? Munisa nega niqob taqmagan? Nega unga hech kim niqob taqish kerakligi haqida jiddiy ogohlantirmadi? Qaror Munisaga tegishlimasmi yo Munisaga o‘xshashlarning barigami?", degan savollar yangradi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov zudlik bilan xonandaga nisbatan ogohlantirish berib, jarima to‘lovini amalga oshirishini uqtirgan. Shu bilan birga, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda Davlat rahbari va Hukumat tomonidan ishlab chiqilayotgan zaruriy choralar O‘zbekistondagi barcha fuqarolarga tegishli ekanligini ta’kidlagan.

Madaniyat vazirligining ma’lum qilishicha, Munisa Rizayeva bu holat yuzasidan izoh berib, qayta takrorlanmasligiga va’da bergan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar 83 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Munisa Rizaeva

Baholaganlar

1797

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing