Kollej o‘quvchisi maktab o‘quvchisini pichoqlab qo‘ydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi jinoyatchilik holatlari maqtanishga arzigulik darajada qisqarayotgani yo‘q. Farg‘onada ham kollej o‘quvchisi jinoyat sodir etdi. 

Ichki ishlar vazirligidan xabar qilishlaricha, joriy yilning 28 fevral Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahri A.Navoiy mavzesida yashovchi, Qo‘qon Avtotransport kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi U.D. shu mavzeda o‘zaro janjal sabab, tanishi 2-sonli o‘rta maktabning 11-sinf o‘quvchisi R.I.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

Natijada R.I. shifoxonaga yotqizilib, U.D. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan U.D.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Pichoqbozlik

Baholaganlar

82

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing