Toshkentda kollej o‘quvchilari o‘rtasida pichoqbozlik qayd etildi

Jamiyat

image

Toshkentda kollej o‘quvchilari o‘rtasida yana bir jinoyat qayd etildi. Kollejning 3-kurs o‘quvchisi kursdoshini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ushbu voqea joriy yilning 19 mart kuni sodir bo‘lgan. Toshkent shahrining Yashnobod tumani Visol 7-tor ko‘chasida yashovchi, Qurilish kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi M.R. kollej oldida o‘zaro janjal tufayli kursdoshi Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani Bardanko‘l qishlog‘ida yashovchi D.M.ni pichoq bilan jarohatlagan. 

Natijada D.M. shifoxonaga yotqizilib, M.R. qo‘lga olingan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Pichoqbozlik

Baholaganlar

62

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing