Kollej o‘quvchisi maktab o‘quvchisini pichoqlab qo‘ydi
Jamiyat
−
12 mart 2019
7786O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi jinoyatchilik holatlari maqtanishga arzigulik darajada qisqarayotgani yo‘q. Farg‘onada ham kollej o‘quvchisi jinoyat sodir etdi.
Ichki ishlar vazirligidan xabar qilishlaricha, joriy yilning 28 fevral Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahri A.Navoiy mavzesida yashovchi, Qo‘qon Avtotransport kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi U.D. shu mavzeda o‘zaro janjal sabab, tanishi 2-sonli o‘rta maktabning 11-sinf o‘quvchisi R.I.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
Natijada R.I. shifoxonaga yotqizilib, U.D. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan U.D.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023