Mun Chje In Mirziyoyevni Janubiy Koreyaga taklif qildi
Jamiyat
−
19 aprel 2019
3672Xabaringiz bor, Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In davlat tashrifi bilan ayni damda O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Bugun, 19 aprel kuni Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In keng va tor doirada muzokaralar o‘tkazdilar.
Uchrashuvda Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni o‘zi uchun qulay vaqtda Janubiy Koreyaga tashrif bilan borishga taklif etdi.
Ma’lumot o‘rnida, Shavkat Mirziyoyev Mun Chje Inning taklifiga binoan 2017 yilning 22–24 noyabr kunlari davlat tashrifi bilan Janubiy Koreyada bo‘lgan edi.
2017 yildagi tashrif doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnikaviy va boshqa sohalarga oid umumiy qiymati 10 milliard AQSH dollaridan ortiq 60 dan ziyod hujjat imzolangandi. Shundan 4,5 milliard dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalardir.
LiveBarchasi