Mulkingizga yetkazilgan zararni kim qoplab berishi kerak?
Jamiyat
−
17 may 2019
3025Mulkdorning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida mulkdor huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qiladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.
Unga muvofiq qonun hujjatlaridagi xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar mulkdorning foydasiga talqin etiladi.
Davlat buzilgan xususiy mulk huquqining tiklanishini va uning sud orqali himoya qilinishini kafolatlaydi.
Mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni uni yetkazgan shaxs tomonidan to‘la hajmda qoplanishi kerak.
LiveBarchasi