Muxolifat lideri AQSH harbiy bazalarini yopishni talab qilmoqda

Olam

image

Turkiyaning asosiy muxolifatchi Jumhuriyat Xalq partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘li AQSHning mamlakatdagi barcha harbiy ob’ektlarini yopishni taklif qildi. Uning tashabbusi shu hafta Millatchi Harakat partiyasi rahbari Davlat Bog‘chalining Anqaraning NATOdan chiqishi ehtimoli haqidagi bayonoti fonida chiqdi. 

"Bog‘chali NATOdan chiqishni taklif qildi. NATO Turkiya uchun zarur, ammo hukumat qanchalik samimiy ekanini ko‘rishni istardim. AQSH Gretsiyani bazalar bilan to‘ldirdi, ularning maqsadi aniq. Ular [hukmron koalitsiya] AQSHning Turkiyadagi harbiy ob’ektlarini yopish to‘g‘risidagi qonun loyihasini parlamentga taqdim etsinlar, biz buni qo‘llab-quvvatlaymiz”, deb yozdi Qilichdoro‘g‘li bugun, 27 may kuni o‘zining Twitter sahifasida. 

Turkiya respublikachilari yetakchisiga ko‘ra, u rahbarlik qilayotgan partiya neoliberalizmga va shunga mos ravishda mamlakatda xorijlik harbiylarning bo‘lishiga qarshi.  

"Biz qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishga tayyormiz. Sizlar tayyormisizlar, hokimiyatdagilar?", deydi Qilichdoro‘g‘li o‘zining ashaddiy raqibi Rajab Toyib Erdo‘g‘an rahbarligidagi iqtidordagi “Adolat va taraqqiyot” partiyasini nazarda tutib.

Qilichdoro‘g‘li 24 may kuni parlamentda so‘zga chiqib, agar Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zoligi bilan bog‘liq vaziyat Turkiyaning bu boradagi pozitsiyasi tufayli to‘xtab qolsa, Anqara NATO blokidan chiqish masalasini ko‘rib chiqishi kerakligini aytdi. 

Turkiya Skandinaviya davlatlaridan terrorchilik tashkilotlarini, xususan, Kurdiston ishchilar partiyasi (PKK), Anqara PKKning bir bo‘lagi deb bilgan Suriya milliy o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlari, shuningdek, 2016 yilda davlat to‘ntarishiga urinishni amalga oshirgan FETO terrorchilik tashkilotini qo‘llab-quvvatlamasliklari haqida yozma kafolat talab qilmoqda.

Ikki davlat o‘rtasida bazalardan foydalanishni tartibga soluvchi harbiy sohadagi hamkorlik 1954 yildan boshlab amalga oshirilib kelinmoqda. AQSHning Turkiyadagi eng yirik harbiy inshooti mamlakat janubidagi Incirlik aviabazasi bo‘lib, u yerda AQSH Harbiy-havo kuchlarining taktik samolyotlari doimo shay holatda turadi. 

Turkiya AQSH va NATO harbiy bazalarini yopishni bir necha bor taklif qilgan. Qoidaga ko‘ra, tegishli bayonotlar Anqaraning AQSH bilan munosabatlaridagi asoratlar fonida aytilgan, biroq gap-so‘zdan nariga o‘tilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

321

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing