Muxlislarning nomaqbul harakatlari uchun Albaniya yana jarima to‘laydi
Sport
−
28 iyun
2172Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Yevro-2024 guruh bosqichining Ispaniyaga (0:1) qarshi o‘yinida muxlislarning xatti-harakati uchun Albaniya futbol federatsiyasini jarimaga tortdi. Bu haqda federatsiya o‘z rasmiy saytida xabar berdi.
UEFA Albaniya federatsiyasini 86,5 ming yevro jarimaga tortdi. Federatsiya muxlislar pirotexnika vositalaridan foydalangani uchun 8,5 ming yevro, axloqsiz qo‘shiqlar aytgani uchun 25 ming, maydonga har xil narsalarni uloqtirgani uchun 45 ming, muxlislarni maydonga tushganligi sababli 8 ming yevro jarima to‘laydi.
Shuningdek, UEFA Albaniyani Italiya (1:2) va Xorvatiya (2:2) bilan o‘yinlardan so‘ng muxlislari uchun jarimaga tortgandi. Italiya va Xorvatiya bilan o‘yindagi muxlislarning nomaqbul xatti-harakatlari uchun Albaniya tomoni UEFA'ga 170 ming yevro jarima to‘laydi.
Eslatib o‘tamiz, Yevro-2024'ning 1-turidan keyin UEFA Albaniyaga qo‘shib, Serbiya futbol ittifoqini ham jarimaga tortgani xabar qilingandi.