Muxlislar JCH chiptalari savdosini to‘xtatishni talab qilmoqda
Sport
−
12 dekabr 5158 2 daqiqa
Yevropa futbol muxlislari assotsiatsiyasi (EFSA) FIFA tomonidan 2026 yilgi Jahon chempionati uchun belgilangan yuqori chipta narxlaridan norozilik bildirdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, FIFA tomonidan bosqichma-bosqich va maxfiy ravishda e’lon qilinadigan narxlar jadvallari shuni ko‘rsatadiki, milliy assotsiatsiyalarga ajratilgan chiptalar, odatda rasmiy muxlislar guruhlari yoki sodiqlik dasturlari orqali eng sodiq muxlislarga taqdim etiladigan Milliy Assotsiatsiyalarga ajratilgan chiptalar narxi keskin oshgan.
“EFSAda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, agar bir muxlis o‘z jamoasini birinchi uchrashuvdan finalgacha PMA taqsimoti orqali kuzatib borsa, unga bu kamida 6900 AQSH dollariga tushadi. Bu esa Qatarda bo‘lib o‘tgan FIFA Jahon chempionati 2022 davridagi narxlardan deyarli besh baravar qimmat demakdir”, deyiladi bayonotda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bundan tashqari, eng arzon chiptalar eng fidoyi muxlislar uchun milliy assotsiatsiyalari orqali mavjud bo‘lmaydi, chunki FIFA 4-toifadagi chiptalarni dinamik narxlarda umumiy savdoga qo‘yishga qaror qilgan.
“Bu Jahon chempionati an’analariga ulkan xiyonat, muxlislarning ushbu tomoshaga qo‘shgan hissasini e’tiborsiz qoldirishdir.
Jahon chempionati tarixida birinchi marta barcha guruh bosqichi o‘yinlari uchun yagona chipta narxi bo‘lmaydi. Buning o‘rniga FIFA o‘yinning jozibadorligi kabi noaniq mezonlarga asoslangan moslashuvchan narx siyosatini joriy etmoqda. Bu shuni anglatadiki, turli milliy jamoalar muxlislari turnirning bir bosqichida bir xil toifadagi chiptalar uchun FIFA tomonidan belgilangan narxlash tufayli turli narxlarda chipta xarid qiladi”, deya norozilik bildirishdi assotsiatsiya vakillari.
Ular shuningdek, 2018 yilda e’lon qilingan tender hujjatlarida chiptalar narxi 21 dollardan boshlanishi va’da qilinganini ta’kidlaydi. Shu hujjatlarga ko‘ra, eng arzon toifadagi final chiptalarining to‘liq narxi 2242 dollar bo‘lishi kerak edi.
“Biz FIFA’ni o‘yinlar uchun chiptalar sotishni darhol to‘xtatishga, barcha manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashishga va Jahon chempionatining an’analari, universalligi va madaniy ahamiyatini hurmat qiladigan yechim topilmaguncha chiptalar narxlari va toifalarini qayta ko‘rib chiqishga chaqiramiz”, deydi assotsiatsiya.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati o‘yin chiptalari sotuvining 3 bosqichi boshlangani va O‘zbekiston milliy terma jamoasining Meksikadagi Kolumbiyaga qarshi o‘yini uchun chiptalar 1.299$ dan, Portugaliyaga qarshi o‘yini 998$ dan, 3-tur o‘yiniga esa narx 271$ dan boshlanishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi