Muxlislar kaltaklagan futbolchilar klubni tark etmoqchi

Sport

image

Avvalroq, Fransiyaning “Nitssa” futbol klubi muxlislari milliy chempionat va Yevropa ligasidagi yomon natijalar tufayli jamoa futbolchilarini kaltaklashgani haqida xabar berilgan edi. Endi jabrlangan ikki futbolchi Terem Moffi va Jeremi Boga klubni tark etmoqchi ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Sports” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 28 yoshli kot-d’Ivuarlik Boga va 26 yoshli nigeriyalik Moffi endi “Nitssa”da o‘ynashni istamaydi va qishki transfer oynasida yangi jamoalar topishni rejalashtirmoqda. Ular faol ravishda klubni tark etmoqchi bo‘lib, bu haqda jamoaga xabar qilgan. Futbolchilar ushbu holat yuzasidan muxlislarga qarshi ish ochishni rejalashtirmoqda. 

Ma’lumot uchun, ketma-ket oltinchi mag‘lubiyatni qabul qilib olgan “Nitssa” futbolchilarini mashg‘ulot markazi oldida 400 ga yaqin muxlis kutib olgan. Aynan shu yerda ikki tomon o‘rtasida keskin to‘qnashuv kelib chiqqan.

Ko‘plab fanatlar mag‘lubiyat seriyasidan so‘ng o‘z noroziliklarini bildirish, jamoani “uyg‘otish” maqsadida to‘plangan, biroq bu uchrashuv sport direktori Florian Moris, shuningdek, Boga va Moffi bilan keskin tortishuvlarga sabab bo‘lgan.

O‘yinchilar avtobusdan tushib, mashinalariga yo‘l olganida, ular olomon orasidan o‘tishga majbur bo‘lishgan. Oqibatda Terem Moffi va Jeremi Bogani ayrim fanatlar urgan va hatto yuzlariga tupurgan. 

Futbolchilarlar tibbiy yordam ham olgan. Moffi kamida 1 haftaga safdan chiqqani, Boga esa besh kunlik mehnatga layoqatsizlik varaqasi olgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

“Nitstsa” Terem Moffi Jeremi Boga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing