Mudofaa vazirligining sobiq mulozimi 5 yilga qamaldi
Jamiyat
−
28 noyabr 2022
10666Moskva garnizoni harbiy sudi joriy yilning 25 noyabr kuni Mudofaa vazirligining Davlat mudofaa tartiblarini ta’minlash departamenti boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari, o‘ta yirik pora olishda ayblanayotgan iste’fodagi polkovnik Leonid Xarlamovni besh yilga muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Hukm qattiq rejimli koloniyada o‘taladi. Bu haqda TASS yozmoqda.
“Sud L.A.Xarlamovni Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 290-moddasi 6-qismi “O‘ta yirik miqdorda pora olish” bo‘yicha aybdor deb topdi va besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini qattiq rejimli koloniyada o‘tashga hukm qildi”, deya sud qarrorini sudya Vadim Korchagin e’lon qildi.
Sudlanuvchi “polkovnik” harbiy unvonidan ham mahrum qilingan. Sud undan musodara qilingan 3 million rubl va 2 million rubldan ortiq mol-mulkni davlat foydasiga hal qildi.
Sud hukm chiqarishda Xarlamovning aybiga iqror bo‘lganini va tergov bilan bitim tuzilganini, shuningdek, tashakkurnomalar, davlat mukofotlari va Suriyadagi jangovar harakatlardagi ishtirokini hisobga oldi. Uni 7 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish mumkin edi. Tergov bilan kelishuvda sud unga maksimal muddatning yarmidan ko‘pini tayinlay olmadi. Tomonlar bahsida harbiy prokuratura vakili suddan zobitni yetti yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ragan.
Sud qaroriga ko‘ra, Xarlamov 2019 yilda umumiy homiylik va kompaniyalarni davlat shartnomalari ijrochilari qatoriga kiritish uchun har oy pora olgan. Shu tariqa 2019 yildan 2022 yilgacha “Korporatsiya” aksiyadorlik jamiyati “RIF” Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi direktori Xarlamovga muntazam ravishda pora o‘tkazgan, uning umumiy miqdori kamida 6,52 million rublni tashkil etdi.
LiveBarchasi