Mudofaa vazirligi yangi ZRMni sinab ko‘rdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi FD-2000 rusumli havo hujumiga qarshi raketani ilk bor sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi qurol Navoiy viloyatida joylashgan “Kulquduq” poligonida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar doirasida sinab ko‘rildi. Sinovga Qashqadaryo viloyatida joylashgan Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qism shaxsiy tarkibining jangovar tayyorgarlik o‘quv rejasiga ko‘ra qo‘mondonlik mas’ul ofitserlari rahbarlik qildi.

Ma’lumot uchun, FD-2000 (Xunsi-9 yoki HQ-9) — Xitoyda ishlab chiqarilgan zenit-raketa majmuasi bo‘lib, samolyotlar, qanotli raketalar va vertolyotlarni urib tushirish uchun mo‘ljallangan, uzoq masofaga uchuvchi qurol. Maksimal masofa 200 km, urib tushirish balandligi 0,5 – 30 km, ishga tushirish uchun sarflanadigan vaqt - 6 daqiqa, 200 km masofaga uchish vaqti – 2 daqiqa.


Maqola muallifi

Teglar

Mudofaa vazirligiy

Baholaganlar

80

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar