Mudofaa amaldorining pora bilan ushlanishi bo‘yicha tergovni Harbiy prokuratura nazoratga oldi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida tuman Mudofaa ishlari bo‘limlaridan birining boshlig‘i pora olib, qo‘lga tushgani yuzasidan olib borilayotgan tergov jarayonini Respublika Harbiy prokuraturasi nazoratga oldi. Bu haqda Harbiy prokuratura o‘zining rasmiy sahifasida ma’lum qildi

Keltirilishicha, Toshkent shahridagi Mudofaa ishlari bo‘limlaridan birining boshlig‘i fuqaroni harbiy xizmatga yubormasdan harbiy guvohnoma rasmiylashtirib berishi evaziga 600 AQSH dollari miqdorida pora olgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i X.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Hozirgi vaqtda jinoyat ishi yuzasidan Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Harbiy prokuratura Mudofaa amaldori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing