Harbiy prokuraturaning vakolatlari kengaydi

Jamiyat

image

Harbiy unvonlar va oliy darajali harbiy unvonlar berish to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat etish Bosh prokuror vakolatiga kiritildi. Bu bo‘yicha “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun qabul qilindi. 

Qayd etilishicha, mazkur qonun bilan Bosh prokuror o‘rinbosari – Harbiy prokurorning besh yillik vakolat muddati, yoshi yigirma beshdan kichik bo‘lmasligi, xodimlarni muayyan lavozimlarga tayinlash va ozod etishdagi, shu bilan birga, o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar, ko‘rsatmalar, farmoyishlar chiqarish vakolatlari qonuniy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi.  

Shuningdek, harbiy unvonlar berish va oliy darajali harbiy unvonlar berish to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat etish Bosh prokuror vakolatiga kiritilgan.  

Prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni o‘tash, prokuratura organlari va muassasalarining xodimlariga darajali unvonlar va harbiy unvonlar berish hamda ulardan mahrum etish, ularni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibi “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomda, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanishi nazarda tutildi.  

Umuman olganda, “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunning 9 ta moddasiga va jami 18 ta normasiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.


Maqola muallifi

Teglar

Harbiy prokuratura

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing