Muddatli harbiy xizmatga ketuvchilar koronavirusga qarshi emlanadimi?

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qarori bilan joriy yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiruv o‘tkaziladi.

Koronavirus mamlakatda butunlay yo‘q qilinmagan sharoitda virusning harbiy qismlarga kirib bormasligi o‘ta dolzarb masala hisoblanadi. Ho‘sh, chaqiruvga mas’ul bo‘lgan idoralarda virusga qarshi qanday choralar ko‘riladi? Harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar COVID-19 ga qarshi emlanadimi?

Shu kabi savollarga Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tgan matbuot anjumanida o‘smirlar va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordamni tashkil etish markazi vakili javob berdi.

“Hozirgacha muddatli harbiy xizmatga ketuvchilarni test sinovlaridan o‘tkazish joriy qilingan. Vaksina bilan emlash hali yo‘lga qo‘yilgani yo‘q. Ularda test natijasi manfiy bo‘lsa, muddatli harbiy xizmatga yuboriladi”, degan markaz vakili Xusniddin Shodixo‘jayev.

Ma’lumot uchun, muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilar 2021 yilning mart-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

harbiy xizmat

Baholaganlar

51

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing