Mudhish YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida yuz bergan mudhish yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 18 iyul kuni soat 19:00 larda Xovos tumanida Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashagan 39 yoshli D.R. Spark avtomobilida “Zomin-Toshkent” yo‘lining 122-km.da ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘lning chetiga ag‘darilib ketgan. 

Natijada haydovchi D.R. jarohat olib voqea joyida va uning yo‘lovchisi Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashagan 57 yoshli T.V. shifoxonada vafot etgan. Yana 2 nafar yo‘lovchilari jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made