Mudhish YTH: Angrenda 8 ta mashina to‘qnashuvida 5 kishi halok bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 24 may kuni soat 09:30larda Angren shahridan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lida 8 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-tranport hodisasi sodir bo‘ldi. 

YTH trassaning 184 kmda yuz bergan. “Namangan-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan MANrusumli tirkamali yuk avtomobili boshqaruvini yo‘qotib, ag‘darilib, o‘zidan oldinda temir yo‘l kesishmasiga yetmay  to‘xtagan. Natijada Lacetti, Cobalt, Gentra, Nexia-3, Matiz, Nexia-3 va Lacetti rusumli avtomobillari bilan to‘qnashib, YTH sodir bo‘lgan. To‘qnashuv natijasida Lacetti rusumli avtomobil yonib ketgan.

YTH natijasida 5 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan hamda 4 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohati olgan, fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

Tan jarohati olgan fuqarolar Angren shahar Tibbiyot birlashmasiga  yotqizilgan. 

Voqea joyiga Toshkent viloyati FVB va Angren shahar FV bo‘limi, IIB, Prokuratura va SSB hamda tezkor-tergov guruxi xodimlari chiqishgan.

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Angren

Baholaganlar

454

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing