Mudhish qotillik: Sirdaryoda yoqib yuborilgan ayol jasadi topildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida bir guruh shaxslar ayolni yoqib yuborib, butalar orasiga tashlab ketdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Joriy yilning 10 sentyabr kuni soat 13:50 da Mirzaobod tumani, Dehqonobod MFY hududidagi dala maydoni chetidagi jing‘il butalari orasidan ayol jinsiga mansub, yoqib yuborilgan holdagi jasadi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, noma’lum murdaning shaxsiga aniqlik kiritilib, ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxslar S.K hamda uning jinoiy sheriklari L.K, S.M, V.D va J.M. ekani aniqlanib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Hozirda holat yuzasidan Mirzaobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

1240

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing