Mubashshir Ahmadning O‘zbekistonga topshirilgani rasman tasdiqlandi

3-sahifa

image

Avvalroq, diniy olim va bloger, Azon Global” axborot-tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov) Istanbulning Bohchashehir mavzeidagi uyidan gumonlanuvchi sifatida olib ketilgani haqida xabar berilgan edi. Uning Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilingani rasman tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston IIV tomonidan xalqaro qidiruvda bo‘lgan, 1974 yilda tug‘ilgan, fuqaro Alisher Axmadovich Tursunov joriy yilning 8 may kuni Turkiyada huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olinib, 10 may kuni O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

Tursunovning ta’sisligidagi axborot platformalari orqali ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan ma’lumotlarda, tegishli ekspertiza xulosalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid axborot mavjud bo‘lgani sababli, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 2441-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) va 2443-moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Hozirgi kunda jinoyat ishi doirasida tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mubashshir Ahmad Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilingani aytilmoqda edi. Endi esa bu rasman o‘z tasdig‘ini topdi. Uni 9 may kuniyoq shoshilinch tarzda deportatsiya qilishmoqchi bo‘lishgan, lekin jamoatchilik aralashuvi tufayli Edirne shahriga jo‘natilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Mubashshir Ahmad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing