Muammoli kelajak: nega Eron yadro faoliyatini kuchaytirmoqda?

Olam

image

Joriy yilning 2 dekabr kuni Tehron nihoyat yadroviy faoliyatni faollashtirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi, unda yadro qurolining asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan boyitilgan uran ishlab chiqarishni zudlik bilan oshirish alohida belgilangan. Va bu, haqiqatan ham, Qo‘shma Shtatlarning o‘zi tomonidan yozilgan haqiqiy apokalipsis ssenariysining boshlanishi bo‘lishi mumkin.

Eron rasmiylari yadro faoliyatini faollashtirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qullashdi. Ushbu qonun yiliga boyitish darajasi 20 foizdan yuqori bo‘lgan, ya’ni qurol darajasi bilan kamida 120 kilogramm uran ishlab chiqarishga turtki bo‘ladi. Taqqoslash uchun: yadroviy bitimda uran boyitishni 3,67 foizga Eron keyinchalik ushbu miqdorni 4 foizga chiqargan edi.

Shu bilan birga, Tehron yaqinda yadroviy fizikni o‘ldirishda aybdorlarni aniqlaganini va qasos olishga tayyorligini e’lon qildi.

"Eron hujum qilganlarga ham, ularga buyruq berganlarga ham javob qaytaradi. Bu mutanosib, mustaqil javob bo‘ladi va Xudo xohlasa, uni sodir etganlarga maksimal darajada azob beriladi", dedi Eron tashqi ishlar vazirligi spikeri Said Xatibzoda.

Islom respublikasi har qanday majburiyatlarni qoldirishga qaror qildi va endi yadro qurolini ishlab chiqaradi, deb ayta olamizmi? Xalqaro ekspertlarning fikricha, Eronda yadro faoliyatini tekshirishi mumkin bo‘lgan MAGATE bilan protokol kamida yana ikki oy davomida o‘z kuchida qoladi. Va agar yadroviy kelishuv amalga oshirila boshlasa va cheklov choralari Erondan bekor qilinadigan bo‘lsa, uni uzaytirish mumkin bo‘ladi.

Boshqa tomondan, yaqin oylarda eronliklar Arakdagi reaktorni qurol darajasida plutonyum ishlab chiqarish uchun qayta ishga tushirmoqchi. Mahalliy mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu vazifa qiyin emas. Eron atom energiyasi tashkilotining vakili reaktor to‘rt oy ichida ishga tushadi, deb hisoblamoqda.

Ekspertlarning fikriga ko‘ra, yana bir reaktor quriladi va  Isfahonda uran ishlab chiqarish zavodi ishga tushiriladi. Va uranni boyitish uchun sentrifuglar soni ko‘paytiriladi.

Ushbu qurilishlarning barchasi Isroil tomonidan e’tiborsiz qoldirilishi ehtimoldan yiroq emas, chunki ularning rasmiylari eronliklarga atom qurolini olishlariga yo‘l qo‘ymasliklarini bir necha bor ta’kidlagan. Va agar Isroil aralashsa, Qo‘shma Shtatlar ham, albatta, chetda qolmaydi. Umuman olganda, bu ishlarning barchasi katta mojarolarga olib boradi.

Amerikalik siyosatshunos Jim Jatrasning fikricha Rossiya, aslida, Eron bilan ham, Isroil bilan ham gaplasha oladigan yagona mamlakatdir. Va bu murakkab vaziyatni yengillashtirishda foydali bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Eron Mudofaa vazirligi yadroviy fizik Muhsin Faxrizoda o‘ldirilgani haqida xabar bergan edi. U Eron poytaxti yaqinidagi Absard aholi punktida terrorchilar hujumi qurboni bo‘ldi.

Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Isroilning yadrochi olim qotilligiga aloqadorligini e’lon qilgandi. U xalqaro hamjamiyatni, xususan Yevropa Ittifoqini ikki tomonlama standartlar siyosatiga barham berishga va “davlat terrorizmi” harakatini qoralashga chaqirdi. 

Keyinchalik, yadrochi olimining o‘limidan so‘ng, Eron AQSH va Isroilni ogohlantirdi. “Eron o‘z xalqi va manfaatlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish huquqini o‘zida saqlab qoladi”, deyiladi Islom Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili Majid Taxt-Ravanchining BMT Bosh kotibi va Xavfsizlik Kengashi Raisining nomiga yuborgan maktubida.

Eronda olimning o‘limi munosabati bilan 40 kunlik motam e’lon qilindi.

Shuningdek, BMT dunyo mamlakatlariga Eronda mamlakatning yadro dasturi rahbarlaridan biri bo‘lgan fizik Muhsin Faxrizodaning o‘ldirilishi munosabati murojaat qilib, ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron yadro

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing