Mo‘’jiza sari 10 bosqich: uchinchi bosqich — his-tuyg‘ular mo‘’jizasi
Biznes
−
04 Sentabr 2020
5825Haqiqiy tuyg‘ularni soxtalashtirish mumkin emas, to‘g‘rimi? Quvonch ko‘z yoshlari, zavq, yuzingizdagi samimiy tabassum, qalbingizdagi yoqimli hayajon – agar siz iste’dodli aktyor bo‘lmasangiz, bunday tuyg‘ularni aks ettirish amri mohol. Barchamiz har bir kunimiz ijobiy his-tuyg‘ularga to‘la bo‘lishini xohlaymiz, chunki ularsiz bizning hayotimiz tasavvurga ham sig‘maydi.
Tuyg‘ular misli ovqat uchun ziravorlar kabidir. Axir ular nafaqat foydali, balki taomga unutilmas maza ham baxsh etadi. His-tuyg‘ular bizning kundalik hayotimizni va har qanday vaziyatlarni mo‘’jizaviy ravishda jonlantirib, ularga yorqinlik bag‘ishlaydi. Biz o‘zimizni ichki kuchga to‘la ekanligimizni his qilamiz, odamlarda va atromizda faqat eng yaxshi narsalani seza boshlaymiza. Bu mo‘’jiza emasmi? Albatta, ha! Bu hissiyotlarning mo‘’jizasidir!
The Magic jamoasi qanday qilib hayotingizni unutilmas taassurotlar, quvonch va zavq bilan boyitishni aniq biladi. Bunday mo‘’jizaviy tuyg‘ularni hech qachon unutmaysiz.
Shunday qilib, biz sizga bir sirni oshkor qilamiz, Magic City oilaviy-ko‘ngilochar hududida, Magic City sayilgohi uchun mo‘ljallangan, Markaziy Osiyodagi eng qudratli musiqiy favvora barpo etilmoqda. U avvalgi shunga o‘xshash loyihalarni miqyosidan ham, yorqinligi va ulug‘vorligidan ham ustun keladi. Favvoraning oqimlari maksimal 60 metrgacha ko‘tariladi. Ulkan suv ekrani proyektor, lazer shousi va ajoyib lotus naqshlarini o‘z ichiga oladi.
Bir necha soniya ichida butun suv yuzasi tuman bilan qoplanadi va favvoraning oqimlari 6 metr balandlikga ko‘tarilib, ajoyib olov bilan yonadi — bularning barchasi havodagi yengil suv raqsga aylanib, musiqiy akkompaniment bilan uyg‘un tarzda sinxronlashtirilib, sizni hayratlantiradi.
Favvoraning shou dasturining eng muhim bezagi — bu suvda va uning atrofida kostyumlashtirilgan tomosha bo‘lib o‘tishidir. Ertak qahramonlari qal’adan chiqib, o‘zlarining barcha shon-shuhratlari bilan va har qanday mo‘’jizaviy ishlar bo‘lib o‘tadigon mamlakatlari bilan barchangizni tanishtiradilar.
Shou dasturini favvora atrofida ikkita maydonchadan tomosha qilish mumkin bo‘ladi. Sizni hech kimni befarq qoldirmaydigan noyob va o‘xshashi yuq tomoshadan qancha his-tuyg‘ular-u zavq kutmoqdaligini tasavvur qilyapsmi?
Ertak shu bilan tugamaydi! Har hafta oxiri sizni hayajonli salyutlar qarshi oladi. Siz o‘zingiz yoqtirgan qahvaxonaning terrasasida o‘tirib, shirinliklardan bahramand bo‘lishingiz, kofe ichishingiz va unutilmas manzarani tomosha qilishingiz mumkin. Sizga yoqimli hissiyotlar va chiroyli fotosuratlar kafolatlaymiz, va bularning barchasi Toshkentda.
Magic City — bu haqiqiy his-tuyg‘ular-u yoqimli xotiralar bag‘sh etuvchi, har bir kuningizni mo‘’jizali qiluvchi va ko‘zlaringizni quvonch bilan to‘ldiruvchi hudud.
Hamkorlik va ijaraga olish uchun quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling: +998 71 202 77 99.
Reklama huquqi asosida