Mo‘’jiza sari 10 bosqich: to‘rtinchi bosqich — bolalar kulgusining mo‘’jizasi

Biznes

image

Antuan de Sent-Ekzyuperi shunday degan: “Biz hammamiz bolalikdan kelib chiqqanmiz va bu ajoyib mamlakat har birimizning qalbimizda saqlanib qoladi.”

Faqat bolalar mo‘’jizalarga chin dildan ishonishi, kichik narsalarga quvonishi va chin dildan kulishi mumkin! Ushbu musobaqada kattalarning barchasi ularga yutqazadi. Bolalar baxti — ota-onalar baxtidir. Bolalar kulgisi mo‘’jizaviy xislatlarga ega: u barcha tashvishlardan chalg‘itadi va har qanday kasallikni davolaydi. Butun dunyodagi ruxshunos va pediatrlar tabassum va kulgining foydali xususiyatlarini kashf etdilar va amalda tasdiqladilar. Kichkintoylarning kulishi ham o‘zlari uchun, ham ota-onalar uchun foydali. 

Biz, bolalar kulgusining mo‘’jizasiga to‘la bo‘lgan, butun oila vaqtdan zavqlana oluvchi va kattalar yana boladek kulishni boshluvchi mo‘’jizaviy mamlakat barpo etmoqdamiz.


 
Family Entertainment Center (FEC) – bu butun oilani birlashtiradigan ko‘ngilochar markaz. Ajoyib va qiziqarli joylar bilan to‘ldirilgan bolalik va quvonchning ikki qavatli hududi. Bu yerdan siz barcha oyingohlarni sinab ko‘rmaguningizcha ketishni xohlamasligingiz aniq. Boulingni yaxshi ko‘ruvchilar uchun biz ushbu sohada dunyo bo‘yicha yetakchi QubicaAMF kompaniyasi tomonidan 6-ta yo‘lak tayyorladik.  

O‘yin avtomatlarini xush ko‘ruvchilar Sega Corporation xalqaro kompaniyasining eng yaxshi sozlamalari, shuningdek C&S (Italiya) avtodromidan va Hologate (Germaniya) kompaniyasining VR-dan bahramand bo‘lishlari mumkin. Bu yerda 1000 kv.m. maydonini egalagan, sevimli Pixel bolalar o‘yin maydonchasi bo‘ladi. O‘zbekistonda ilk marotaba sizni ajoyib yopiq attraksionlar to‘plami kutmoqda: Dropping Tower (balandligi 18m), Frizbi (balandligi 15m), Spinning Coaster, Cozmojet, jami 11-ta attraksion. Qiziqarli sarguzashtlar orasida markazdagi kafelardan birida quvvatga to‘lishingiz uchun tammaddi qilib olishingiz mumkin.  


 
Eng qiziq joy — bu har bir bolakay orzu qilgan kasbini o‘zida sinab ko‘rishi mumkin bo‘lgan haqiqiy kasblar maktabi. Shokolad fabrikasi, o‘t o‘chirish punkti va o‘t o‘chirish zonasi, tibbiyot markazi, supermarket, novvoyxona, bank, qurilish maydonchasi, jurnalistika — farzandingiz endi o‘t o‘chiruvchi bo‘lishi uchun ulg‘ayishni kutishiga hojat yo‘q, biz uning orzusini hoziroq amalga oshiramiz.


 
FEC qadimiy Misr ibodatxonasi shaklida bo‘ladi, uning ulug‘vorligi sizning tasavvuringizni hayratda qoldiradi. Ichkariga kirganingizda, bir zumda turli olamlarda harakat qilishingiz mumkin: tropik o‘rmon dunyosi, kosmik dunyo, Qadimgi Misr. Bizning kitobimizdagi bosh qahramon o‘zi hohlagan mamlakat haqida o‘ylab, birzumda g‘aroyib tanga bilan qanday sayohat qilganini eslaysizmi? Siz ham xuddi shunday qilishingiz mumkin. 

Quvnoq va mamnun bola har bir ota-onaning maqsadi.

Bizning maqsadimiz va mukofotimiz bolalarning kulgisi.

Biz har biringizni bolalar kulgusining mo‘’jizasi bilan qamrab olamiz va dunyoni yorqin ranglar-u quvonchga to‘ldiramiz!

Hamkorlik va ijaraga olish uchun quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling: +998 71 202 77 99.
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Family Entertainment Center FEC

Baholaganlar

22

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar