Mo‘’jiza sari 10 bosqich: sakkizinchi bosqich – tasavvur mo‘’jizasi.

Biznes

image

Kimdir sizga hikoya so‘zlab bersa yoki badiiy kitob o‘qisangiz, tasavvuringizda bir surat paydo bo‘lishini payqaganmisiz? U har bir o‘quvchi yoki tinglovchida mutlaqo har xil. Hikoyaga tafsilotlar qo‘shilishi bilan u surat ham o‘zgarib boradi. Qahramonlar siz uchun yaqin insonga aylanib borishadi. Siz ular haqida qayg‘urasiz va ularning keyingi qadamlarini oldindan sezasiz. Bu tasavvur mo‘’jizasi! 

Usiz dunyodagi millionlab odamlarga quvonch baxsh etadigan global loyihalar bo‘lmas edi. 

O‘z orzusiga ishongan va barchaga mashhur mo‘’jizaviy olamni yaratgan buyuk Uolt Disney shunday degan: “Agar siz biror narsani tasavvur qila olsangiz, demak uni amalga ham oshira olasiz”. The Magic jamoasi ushbu taniqli insonning izidan  yurib, tasavvur mo‘’jizasi bilan qurollangan holda o‘z g‘oyasini hayotga tatbiq etdi. “Uolt Disney yuz yil ichida erishgan yutuqlarga ikki yil ichida erishish” degan maqsad qo‘yildi.

The Magic jamoasi o‘z tasavvur va hissiyotlarini mujassam etib, Yevropa va Amerika multfilmlari bilan raqobatlasha oladigan multfilm yaratdi. 

Osiyoda vujudga kelgan ushbu fantaziya mehribon va ajoyib qahramon Fanikl va uning do‘stlari haqida bir ertak hisoblanadi. Syujet tanga orqali sayohat qiladigan do‘stlar hikoyasiga asoslangan. 

Fanikl – serialning asosiy qahramoni – bu har bir yoshi katta insonda yashovchi sodda va qiziqarli bola. U doimiy ravishda yangi narsalarni o‘rganib boradi, kulguli vaziyatlarga tushadi va ulardan muvaffaqiyatli tarzda chiqib ketadi. Ko‘tarinki kayfiyat uni hech qachon tark etmaydi. 


 
Jamoa bir yil mobaynida yurtimizning rassomlaridan tashkil etildi. Bitta rejissyor, uchta illyustrator va yettita animator uch yil davomida mehribon va qiziqarli qahramon haqida 6 ta sarguzasht va 30 ta o‘quv seriyalarni yaratishdi, ular tez orada mahalliy televideniye orqali namoyish etiladi.

Shuningdek, to‘liq metrajli multfilm ham rejalashtirilmoqda. Maxsus ushbu loyiha uchun animatsiya sifatini yuqori darajaga etkazish maqsadida kompyuterlar chet elda yig‘ilgan. Multfilm bolalar va kattalarni hech qachon tushkunlikka tushmaslikka, o‘zlariga va hayotimizda shubhasiz mavjud bo‘lgan mo‘’jizaga ishonishga o‘rgatadi.  

Hamkorlik va ijaraga olish uchun quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling: +998 71 202 77 99.Hozirgi vaqtda sayilgohda qurilish ishlari olib borilmoqda

Reklama huquqi asosida.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

The Magic

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing