Mo‘’jiza sari 10 bosqich: oltinchi bosqich — teatr mo‘’jizasi

Biznes

image

Ertakni mehmonga taklif qiling — va agar siz mo‘’jizalarga ishonsangiz, u albatta keladi! Haqiqiy mo‘’jiza uchun chegara yo‘q, ertak uchun esa na vaqt va na joy muhim ahamiyatga ega. Teatrning mo‘’jizali olami bilan aloqada bo‘lish ko‘pchilikning orzuidir. U har doim o‘ziga xos, bayramona, hayajonli va tantanali narsalar bilan bog‘liq. Barcha sodir bo‘layotgan hodisalarni o‘rab turgan mo‘’jiza sizni kundalik ishlardan chalg‘itadi va ta’riflab bo‘lmaydigan mo‘’jizali muhitdan zavqlantiradi. "Tanga bilan dunyo bo‘ylab" hikoyasi asosida teatrlashtirilgan tomosha yaratilgan va u ilgari maktablarda kitob bilan birga taqdim etilgan edi. The Magic jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan spektakl orqali har bir bola teatr mo‘’jizasini his etishi mumkin.

Yodingizda bo‘lsa, hikoya yaxshilik doimo yomonlikning ustidan g‘alaba qozonishi haqida edi. Unda g‘aroyib tanga bilan butun dunyo bo‘ylab sayohat qilgan va yo‘lidagi turli to‘siqlarni yengib o‘tgan bola va uning hayoliy do‘sti haqida hikoya qilinadi.


 
Ssenariy mualliflari katta mahorat bilan kitob matnini spektakl uchun moslashtirdilar. U juda jonli va dinamik. Bunaqasi hali bo‘lmagan.

Qahramonlar kitob mualliflari ko‘rsatmoqchi bo‘lgan barcha mo‘’jizalarni nozik tarzda aks ettirishadi. Yaqin orada namoyishlar davom ettiriladi va san’atkorlar guruhi O‘zbekistondagi har bir maktab bolalarini xursand qilishni davom ettiradi.

Hamkorlik va ijaraga olish uchun quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling: +998 71 202 77 99.

Hozirgi vaqtda sayilgohda qurilish ishlari olib borilmoqda

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

The Magic

Baholaganlar

15

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing